Bu haqda Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar Sharqiy harbiy okrugga qarashli «G‘urumsaroy» dala o‘quv maydonida o‘tkazilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, o‘quv mashg‘ulotlarida harbiylarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, zamonaviy harbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘zaro tajriba almashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tantanali ochilish marosimida mazkur mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi, shuningdek, harbiy xizmatchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Qayd etilishicha, ushbu mashg‘ulotlar ikki davlat Qurolli Kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yettinchi bor tashkil etilmoqda. 2019 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan mazkur o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni izchil rivojlantirishga qaratilgan.

«Do‘stlik–2026» qo‘shma mashg‘ulotlari joriy yilning 24 apreliga qadar davom etadi.