Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlikka Buyuk Britaniyaning «Cambridge University Press & Assessment» kompaniyasiga tegişli «IELTS 20 Academic», «Mindset for IELTS», «Complete IELTS», «Essential Grammar in Use» va «Engliş Grammar in Use» kitoblarining kontrafakt nusxalari sotilayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tuşgan.
Murojaatlarni örganiş davomida fuqarolar Y.X., M.A., N.D. va S.S. tomonidan mazkur öquv qöllanmalarining huquq egasi ruxsatisiz tayyorlangan nusxalari sotilgani aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnomalar rasmiylaştirilib, sudlarga yuborilgan.
Sud qarorlari bilan ularga uşbu moddaning birinçi qismiga muvofiq jarima jazosi tayinlangan.
Adliya vazirligi mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlarning kontrafakt nusxalarini sotiş huquq egalarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazişini eslatdi.
Mualliflik huquqi buzilgan ijodkorlar Adliya vazirligining 1008 işonç telefoni yoki info@adliya.uz elektron poçta manzili orqali murojaat qilişlari mumkin.