Bugun baʼzi viloyatlarda kuchli yomgʻir yogʻadi

    Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab va kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 20-25° boʻladi.

    Poytaxtimizda ertalab va kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° boʻladi.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin , baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.

    Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼza joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 9-14° boʻladi.