Uchrashuv davomida “Muxlisa” loyihasi muhokama qilindi hamda uni Oʻzbekistonda aqlli ovoz funksiyasiga ega zamonaviy BYD elektromobillariga integratsiyalash masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, turli sohalarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
“iFlyTek” sunʼiy intellekt dasturiy taʼminoti va xizmatlarini yetkazib beruvchi, ayniqsa, ovozni aniqlash, tasvirni qayta ishlash sohalarida xizmat koʻrsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 1999-yilda tashkil etilgan boʻlib, kompaniya sunʼiy intellekt sohasida dunyodagi eng innovatsion kompaniyalardan biri sifatida tan olingan.
Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda sunʼiy intellektni rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish, texnologik startaplarga sarmoya kiritish masalari koʻrib chiqildi.
Maʼlumot uchun: joriy yil yanvar oyida UZINFOCOM iFlyTek va BYD kompaniyalari oʻrtasida rasmiy uch tomonlama bitim imzolanib, unga koʻra 2024-yil oxirigacha BYD avtomobillarida oʻzbek tilida Muxlisa AI ovozli yordamchisi oʻrnatilishi kelishib olingan edi.