Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
- Professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) roʻyxati;
- Xalqaro fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar roʻyxati;avlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarini) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan ishchi guruhlar (ishchi guruhlar) tarkibi.
Savdo jarayonlarini tashkil etish uchun professional konsultantlar jalb etilishi va davlat ishtirokidagi yirik korxonalar tomonidan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining barqaror koʻrsatkichlariga erishilishini muvofiqlashtirib borish ishchi guruhlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi aksiyador boʻlgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, ishonchli boshqaruvchilarni jalb etish va mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun xalqaro konsultantlar va yuridik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar “UzAssets” investitsiya kompaniyasi» AJ tomonidan jalb qilinadi.
2024-yil 1-iyuldan, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda:
- korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga boʻysunadigan korporativ kotibiyat tashkil etiladi;
- korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi;
- kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.