Eng koʻp ish beruvchi kompaniyalar oʻntaligi eʼlon qilindi

    Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekistonda eng koʻp ish beruvchi top-10 korxona roʻyxatini maʼlum qildi.

    Roʻyxatda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 1-oʻrinni egalladi, unda 48 308 nafar ishchi ishlaydi.

    Ushbu koʻrsatkich qolgan ish beruvchilar kesimida quyidagicha koʻrinishga ega:

    • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 36 629 nafar;
    • “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ – 34 816 nafar;
    • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 20 873 nafar;
    • “Romstar” MCHJ qoʻshma korxonasi – 18 800 nafar;
    • “Oʻzbektelekom” AJ – 17 641 nafar;
    • “UzAuto Motors” AJ – 16 628 nafar;
    • “Hududgaztaʼminot” AJ – 16 309 nafar;
    • “Oʻzbekneftgaz” AJ – 13 926 nafar;
    • “Anglesey food” MCHJ – 12 726 nafar.