Bu haqda Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi ma'lum qildi.
Sun'iy yo'ldosh uchirilgandan 50 daqiqa o'tib 520 kilometr balandlikka ko'tarilgan. Qurilma Koreya Respublikasi Fan va texnologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, Koreya yarim orolini kuzatish uchun mo'ljallangan.
Jami 11 ta Neonsat-1 sun'iy yo'ldoshi uchirilishi rejalashtirilgan. Beshta sun'iy yo'ldosh 2026-yil iyun oyida, yana beshtasi esa 2027-yil sentabrida orbitaga chiqarilishi kutilmoqda, deb xabar beradi report.az.