Koreya davlatiga oʻqishga va ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Firibgar oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tadbirda fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z.ni 10 000 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga oʻqishga va ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.