Meksikada avtobus halokatga uchradi, 14 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Meksikada sodir bo'lgan baxtsiz hodisa oqibatida 14 kishi hayotdan ko'z yumdi, 31 yo'lovchi tan jarohati oldi.

    Bu haqda davlat xavfsizlik kotibiyati bayonotida ma'lum qilindi.

    Unga ko'ra, yo'l-transport hodisasi Chapulin-Chalma avtomobil yo'li uchastkasida sodir bo'lgan. Avtobus Guanaxuato shtatining San-Luis-de-la-Pas shahridan ketayotgan edi, deb xabar beradi report.az.