“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ Mahalliy aviaqatnovlar uchun roʻyxatdan oʻtish parvoz joʻnashidan 30 daqiqa oldin tugashiga eʼtibor berishlarini soʻradi.
Aviakompaniyaning maʼlum qilishicha, yoʻlovchilarning mahalliy aviaqatnovlarga kechikib qolish holatlari koʻpayib, nizoli vaziyatlar tez-tez yuzaga kelmoqda.
"Havo kemalari qatʼiy qoidalarga muvofiq parvozni amalga oshiradi. Aviachiptani xarid qilib, yoʻlovchi Shartnoma tuzadi, unga koʻra aviakompaniya yoʻlovchi va yukni belgilangan yoʻnalish boʻylab tashish majburiyatini oladi.
Yoʻlovchi, oʻz navbatida, xavfsiz parvoz uchun zarur boʻlgan qoidalarga rioya qilish majburiyatini oladi. Ulardan biri roʻyxatdan oʻtishdir, ushbu jarayon mahalliy aviaqatnovlar uchun joʻnashdan 30 daqiqa oldin, xalqaro aviaqatnovlar uchun esa joʻnab ketishdan 1 soat oldin tugaydi.
Aviatashuvlar shartnomasining asosiy shartlari aviakompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan ommaviy ofertada aks ettirilgan", deyiladi xabarda.