Oʻzbekiston va BAA turizm sohasidagi aloqalarni jadallashtiradi

    Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev joriy yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan III-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk Al Marri bilan muzokaralar oʻtkazdi.

    Tomonlar Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi turizm sohasidagi bugungi kundagi hamkorlik darajasini va sohadagi aloqalarni keskin jadallashtirish, jumladan, davlatlar orasida mavjud boʻlgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanish masalalarini muhokama qildilar.

    Uchrashuv yakuniga koʻra oʻzaro turizm targʻibot kampaniyalarini kuchaytirish, BAA ishbilarmon doiralari va sarmoyadorlarini mamlakatimizga jalb etish boʻyicha qator kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.