Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 23 mlrd soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

    Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 57 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar mart oylarida 23,6 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar koʻp.

    Toʻlangan soliqlarning 96,5 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:

    • Meta - 8,9 mlrd soʻm;
    • Google - 6,5 mlrd soʻm;
    • Apple - 4,5 mlrd soʻm;
    • Vooking.som - 776,8 mln soʻm;
    • Amazon - 549,4 mln soʻm;
    • Acca - 337,3 mln soʻm;
    • Zoom - 333,3 mln soʻm;
    • Netflix - 324,7 mln soʻm
    • Yandex - 212,1 mln soʻm;
    • Xsolla - 193,4 mln soʻm.

    Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.