Oʻzbekistondagi top-5 muzey maʼlum qilindi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan.

    Oʻzbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Muzeylarga 2023-yil davomida 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.

    Mamlakatimizdagi eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan top 5 ta muzeylar:

    • Registon ansambli – 1 010,8 ming kishi;
    • Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi – 1 006,6 ming kishi;
    • Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;
    • Xiva Ichan-qalʼa davlat muzey qoʻriqxonasi – 448,4 ming kishi;
    • Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi – 390,3 ming kishi.