Oʻzbekistonlik gimnastikachi qizlar Jahon kubogi bosqichini yettita medal bilan yakunladi

    Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qoʻlga kiritdi.

    Taxmina Ikromova bulavadagi mashqda kumush, Natalya Usova esa bronza medaliga ega chiqdi.

    Shuningdek, guruh mashqida 3 ta tasma va 2 ta toʻpdagi chiqishda Shahzoda Ibragimova, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Iroda Sodiqova kumush medalni jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻyishdi.

    Barcha yoʻnalishdagi gʻolib va sovrindorlar:

    Oltin medal:

    Taxmina Ikromova (xalqa)
    Taxmina Ikromova (toʻp)

    Kumush medal:

    Taxmina Ikromova (koʻpkurash)
    Taxmina Ikromova (bulava)
    Taxmina Ikromova (tasma)
    Guruh mashqi (3 tasma va 2 toʻp)