Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasini quradi

    “Rosatom” va “Oʻzatom” Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha shartnomani yakunlamoqda.

    Bu haqda “Rosatom”ning saytida maʼlum qilindi.

    AES loyihasi VVER-1200 tipidagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokni qurishni nazarda tutadi.

    Qayd etilishicha, ushbu turdagi reaktor “3+” avlodiga tegishli boʻlib,xavfsizlik va samaradorlikning eng yuqori xalqaro standartlariga javob beradi.

    “Rosatom” davlat korporatsiyasi Oʻzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha pudratchi sifatida tanlangan.

    “Jizzax viloyatida joylashgan Tuzkon koʻli hududini tanlash muhandislik tadqiqotlari natijalariga koʻra aniqlangan.

    Birinchi energiya blokining ishga tushirilishi 2030-yilda, ikkinchi blokning ishga tushirilishi esa 2033-yilda amalga oshirilishi kutilmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati 11 milliard dollarga baholanmoqda.

    Maʼlumot uchun, 2017-yildan soʻng Oʻzbekistonda “Oʻzatom” Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.