Saida Mirziyoeva AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi

    Xalqaro hamkorlik 22 May 2024 476

    Saida Mirziyoeva AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi.

    Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so'z erkinligini ta'minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa'y-harakatlarni to'liq qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi, deb yozmoqda Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqdagi o'zining rasmiy sahifasida.