Samarqand viloyat IIBning xabar berishicha, holat yuzasidan Pastdargʻom tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, 2024-yil 15-may kuni fuqaro Hasan Murodullayev Past Dargʻom tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tumanning Samarqand mahallasi, Samarqand koʻchasi, 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qoʻshnisi Toxirjon Begmatov hovlisida doʻkon qurish uchun kotlovan qazganini, quruvchilarga qazish ishlarini toʻxtatishni, aks holda uy qulab tushishini bir necha bor aytib kelganini bildirgan.
Uy egasi quruvchilar kotlovan qazish ishlarini davom ettirganini va buning oqibatda 14-may kuni soat 19:45larda yashash xonadoni qulab tushib, unga 300 ming AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon etgan. U arizasida fuqaro Tohirjon Begmatovga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.