1997-yilda YUNESKO uni “Jahon xotirasi” roʻyxatiga kiritgan.
Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻiga binoan mazkur muqaddas kitobni konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilgan.
Loyihada xorijlik mutaxassislar, jumladan Kembrij universitetidan Kristine Rose, Fransiyalik restavratorlar Axelle Deleau va Coralie Barbe, shuningdek, Istanbul qoʻlyozmalar ustaxonasi va arxiv boʻlimi mudiri Nil Baydar ishtirok etmoqda.
Ular har bir sahifani sinchiklab koʻzdan kechirib, bosqichma-bosqich taʼmirlash rejasini ishlab chiqadilar hamda kelgusida muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalarni beradilar.
Konservatsiya va restavratsiya ishlari Usmon musʼhafini kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga xizmat qiladi.
Ushbu ezgu amal Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qoʻllab-quvvatlovi va nazorati ostida amalga oshirilmoqda.