Toshkentdan Qarshiga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

    9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8, 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    762-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi: Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33

    761-sonli “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi: Qarshi 16:51 — Toshkent 20:20

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

    Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz