Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan bahs Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Messi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, deb xabar berdi news.sportbox.ru.

Hujumchi Argentina terma jamoasi safida 2005-yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. 39 yoshli Messi terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish (208 ta) va eng ko‘p gol urish (126 ta) bo‘yicha rekordlarga ega.

“Oltin to‘p” sovrinini sakkiz marta qo‘lga kiritgan futbolchi Argentina bilan birga Jahon chempionati (2022) va Olimpiya o‘yinlari (2008) g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, ikki karra Amerika Kubogi chempioni (2021, 2025) unvoniga sazovor bo‘lgan.