Tezkor maʼlumotlar asosida Boʻston tumanida toʻxtatib koʻzdan kechirilgan “Cobalt” rusumli avtomashina yoʻlovchisiga tegishli qoʻl sumka ichidan ikki boʻlak modda aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu modda 505 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi.
Dastlabki surishtiruv davomida, fuqaro giyohvandlik vositasini Toshkent shahriga yetkazib berishi kerakligi va buning evaziga 100 million soʻm vaʼda qilingani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.