Xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlarining ayrim togʻoldi va togʻli hududlariga tegishli.
Jumladan, Qashqadaryoda Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor; Surxondaryoda Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Muzrabot; Jizzaxda Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida xavf mavjud.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlari, Fargʻona viloyatining Soʻx, Shohimardon, Fargʻona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatining bir qator tumanlari va Xonobod shahrida ham sel-suv toshqini xavfi bor.
Ayrim hududlarda yomgʻir suvlari toʻplanib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻraldi.