Kongo Sog‘liqni saqlash vazirligining 23-iyul kuni e’lon qilingan epidemiologik vaziyat haqidagi hisobotiga binoan, 20 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda Ebola infeksiyasining tasdiqlangan 2473 ta holati qayd etilgan. Ulardan 999 nafari kasallikdan vafot etgan.
Ugandada 20 ta holat tasdiqlandi va ikki kishi vafot etdi. Shunday qilib, epidemiyadan zarar ko‘rgan ikki mamlakatda o‘limning umumiy soni 1001 tani tashkil etadi.
Ebola virusining Bundibugio shtammi keltirib chiqargan epidemiya birinchi marta 15 may kuni Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy Ituri provinsiyasida qayd etilgan. Keyinchalik kasallik Shimoliy Kivu, Janubiy Kivu, Yuqori Uele va Chopo provinsiyalariga tarqaldi.
Kongo Demokratik Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyul holatiga ko‘ra, 737 bemor izolyatsiya qilingan yoki kasalxonalarda davolanmoqda. 482 kishi esa kasallikdan sog‘aygan, deb xabar berdi Kazinform.