Xorijiy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu haqda Kongo Demokratik Respublikasi rasmiylari ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, may oyining o‘rtalaridan boshlangan virusning kamyob “Bundibugio” shtammi tarqalishi oqibatida vafot etganlar soni 3 398 nafarga yetgan. Hozirda 837 kishi karantinda yoki davolanmoqda, deb xabar berdi report.az.

Bu Kongo Demokratik Respublikasidagi Ebola epidemiyasining 17-holatidir. Epidemiyaning asosiy o‘chog‘i mamlakatning shimoli-sharqidagi Ituri viloyatida qayd etilgan. Virus hozirga qadar Kongo Demokratik Respublikasining 7 ta viloyatiga tarqalgan.

AFP ma’lumotlariga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlanganidan so‘ng Ebola virusi maktab o‘quvchilari orasida jadal tarqala boshlagan. Bu esa tibbiyot muassasalariga tushayotgan yuklamani yanada oshirgan.