Ayniqsa, bu davrda savdo yo‘llarining xavfsizligi, bozorlarda adolatli muhitni ta’minlash, narx-navо barqarorligini saqlash va aholi manfaatlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratilgan.
Bugungi kunda raqobat
muhiti va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Aslida esa bu kabi tamoyillarning tarixiy
ildizlari ancha qadimga, xususan, Amir Temur davriga borib taqaladi.
Ayni shu mavzu yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi Shohboz Zaripov bilan suhbatlashdik.
— Amir
Temur davrida raqobat muhitini shakllantirishga qanday e’tibor qaratilgan?
— Amir Temur iqtisodiy siyosatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri savdo yo‘llarini tiklash va ularning xavfsizligini ta’minlash
bo‘lgan. Bu esa bozorlarda erkin savdo muhitini shakllantirishda muhim omil
hisoblangan. Buyuk Ipak yo‘lining Markaziy Osiyo orqali o‘tuvchi qismi qayta
jonlantirilgan, karvonsaroylar, ko‘priklar, bozorlar va shahar markazlari barpo
etilgan. Natijada turli hududlardan kelgan savdogarlar uchun qulay sharoit
yaratilgan va bozorlarda tabiiy raqobat muhiti vujudga kelgan.
— Davlat
savdogarlar va ishlab chiqaruvchilarni qanday qo‘llab-quvvatlagan?
— Amir Temur davrida
savdogarlar va dehqonlarga davlat yordami masalasiga ham jiddiy yondashilgan.
“Temur tuzuklari”da sarmoyasidan ajralgan savdogarga davlat xazinasidan yordam
berish, dehqonchilik qilish imkoniyati cheklangan kishilarga esa urug‘ va asbob-uskunа
ajratish haqida qayd etilgan. Bu esa davlat iqtisodiy faollikni faqat nazorat
qilmagani, balki rag‘batlantirganini ham ko‘rsatadi.
— Bozorda
insofsiz savdo va narxlarni sun’iy oshirishga qarshi qanday choralar ko‘rilgan?
— Amir Temur nohalol
savdo, narxlarni asossiz oshirish va aholiga qiyinchilik tug‘diradigan holatlarga
qat’iy qarshi bo‘lgan. Kastiliya elchisi sifatida Samarqandga kelgan Rui Gonsales
de Klavihoning yozishicha, Sohibqiron go‘sht narxini oshirib sotgan qassoblarni,
molga ortiqcha narx qo‘ygan ba’zi hunarmandlarni jazolashga buyurgan. Bu esa
bozorda faqat savdo erkinligi emas, balki adolat tamoyili ham ustuvor bo‘lganini
anglatadi.
— Bu jarayonda iste’molchilar manfaatlari qanday himoya qilingan?
— Hozirgi ma’nodagi
“iste’molchilar huquqi” tushunchasi o‘sha davrda bo‘lmagan bo‘lsa-da, amalda shu
mazmunga yaqin qoidalar mavjud edi. Masalan, aldov va firibgarlik taqiqlangan,
sifatsiz tovarni yashirib sotish qoralan gan, o‘lchov va tarozida insoflilik talab
etilgan. Halol savdo rag‘batlantirilgan. Shu orqali aholi, ya’ni xaridorlar
manfa atlari himoya qilingan.
— Bozorlarda
nazoratni kim amalga oshirgan?
— Bu vazifani asosan
muhtasiblar bajargan. Muhtasib — bozor nazoratchisi bo‘lib, u tarozilarni
tekshirgan, narxlarni nazorat qilgan, sifatsiz mahsulot sotilishining oldini
olgan va mayda huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘rgan. Muhtasib instituti
an’analariga asoslangan bo‘lib, amalda bozor dagi tartib, halollik va
iste’molchilar manfaatini ta’minlashga xizmat qilgan.
— Hunarmandchilik
va ishlab chiqarish sohalarida raqobat qanday ko‘rinish olgan?
— Amir Temur va
Temuriylar davrida to‘qimachilik, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, qog‘oz ishlab
chiqarish, ko‘nchilik, etikdo‘zlik kabi ko‘plab sohalar rivojlangan. Bu esa bozorda
turli mahsulotlar ko‘payishiga va hunarmandlar o‘rtasida sifatga asoslangan
raqobat shakllanishiga olib kelgan. Ayni paytda, ayrim hunarmandlar uyushmalari
mahsulot sifati, kasb odobi va narxlarga ta’sir ko‘rsatib turgan.
— Davlat
bozor iqtisodiyotiga qanchalik aralashgan?
— Amir Temur davrida
bozor to‘liq erkin qo‘yib berilmagan. Davlat muhim sohalarni nazorat qilgan,
zarur holatlarda narx-navoga aralashgan, strategik ahamiyatga ega resurslar
ustidan kuzatuv olib borgan. Shu jihatdan bu davr iqtisodiy tizimini “tartibga
solinadigan ochiq bozor” deb baholash mumkin. Ya’ni savdoga imkoniyat berilgan,
ammo ijtimoiy adolat va barqarorlikni saqlash uchun qat’iy nazorat ham
o‘rnatilgan.
— Savdo
yo‘llari va infratuzilmaning rivoji raqobat muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
— Karvon yo‘llarida rabotlar, yаmlar, karvonsaroylar va xonaqohlar qurilishi savdo aylanishini keskin jonlantirgan. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa yirik shaharlarda bozorlar kengaygan, ixtisoslashgan rastalar ko‘paygan. Turli mamlakatlardan kelgan tovarlar mahalliy mahsulotlar bilan bir qatorda sotilgan. Bu esa bozorda tanlov imkoniyatini kengaytirib, raqobat muhitini mustahkamlagan.
— Bu davrda davlat yordami va imtiyozlar tizimi ham bo‘lganmi?
— Ha, albatta.
Dehqonchilikni qo‘llab-quvvatlash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, bog‘-rog‘lar yaratish,
xarob yerlarni obod qilish kabi ishlarga rag‘bat berilgan. Ayrim dehqonlarga soliq
imtiyozlari taqdim etilgan. Bu esa iqtisodiy faollikni oshirish, mahsulot yetishtirishni
ko‘paytirish va bozorni tovar bilan ta’minlashga xizmat qilgan.
— Amir Temur davri tajribasining bugungi kun uchun qanday ahamiyati bor?
— Bu tajriba shuni
ko‘rsatadiki, adolatli raqobat muhiti, savdo erkinligi, bozor nazorati va
iste’molchilar manfaatini himoya qilish g‘oyalari yangi davrda paydo bo‘lgan emas.
Ularning chuqur tarixiy asoslari bor. Xususan, Amir Temur davrida qonun, tartib,
nazorat va adolat iqtisodiy hayotning muhim tayanchi bo‘lgan. Bugungi bozor
munosabatlarida ham aynan shu tamoyillar dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur davrida savdo
va bozor munosabatlari faqat iqtisodiy faollik emas, balki adolat va tartib
asosida shakllangan tizim bo‘lgan. Bu davrda savdo yo‘llarining muhofazasi,
bozorlarda nazoratning mavjudligi, insofsiz savdoga qarshi keskin choralar, halol
mehnat va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash orqali raqobat muhiti rivojlangan.
Eng muhimi, aholi
manfaati, xaridor haqqi va bozordagi muvozanatga befarq qaralmagan. Shu ma’noda,
bugun raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga
o‘shirayotgan islohotlar ildizi tariximizning ana shunday mustahkam davrlariga
borib taqaladi.
Zulxumor
Akbarova cuҳbatlashdi.