Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlanishicha, bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib, bir nechta mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etgan va ular orqali soxta savdo operatsiyalarini rasmiylashtirgan.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning martaprel oylarida mazkur korxonalar o‘rtasida amalda hech qanday moliyaviy operatsiyalar bo‘lmagan bo‘lsa-da, jami 1,1 trillion so‘mlik mahsulot etkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan.


Shundan so‘ng savdodan tushgan mablag‘lar go‘yoki onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali qabul qilingani haqida ma’lumotlar shakllantirilib, xarid cheklari chiqarilgan. Natijada 100 mingdan ortiq fuqaro nomigaSoliq Mobileilovasi orqali keshbek hisoblangan.

Tekshiruvlarga ko‘ra, ushbu sxema orqali davlat byudjeti mablag‘laridan jami 35,1 milliard so‘m o‘zlashtirish va ratrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Shuningdek, tergov davomida Andijon viloyati soliq boshqarmasining ayrim mas’ul xodimlari tomonidan mazkur korxonalar faoliyatidagi shubhali operatsiyalarga etarlicha chora ko‘rilmagani ham ma’lum bo‘lgan. Xususan, yirik hajmdagi hisob-fakturalar rasmiylashtirilganiga qaramasdan, korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qilish yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish choralari ko‘rilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki ratrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.