Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi “G‘ayrat” mahallasida yashovchi Odinaxon Muhammadjonova joriy yilning 2 iyun kuni ko‘p homilalik tashhisi bilan tibbiyot muassasasiga qabul qilingan.

Oradan bir necha kun o‘tib, muddatidan oldin tug‘ruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan. Tug‘ruq jarayoni filialning tajribali akusher-ginekologlari, neonatologlari va reanimatologlari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Dunyoga kelgan chaqaloqlarning uch nafari o‘g‘il, biri qiz bo‘lib, ularning vazni quyidagicha:

— birinchi chaqaloq — o‘g‘il, 2415 gramm;
— ikkinchi chaqaloq — o‘g‘il, 1730 gramm;
— uchinchi chaqaloq — o‘g‘il, 2405 gramm;
— to‘rtinchi chaqaloq — qiz, 1885 gramm.

Ayni paytda ona va chaqaloqlar shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, ularning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.