Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tijorat bankining Andijon hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi B.U. ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, u fuqaro A.A.ning bank krediti bo‘yicha qarzdorligi sababli Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 5,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.