Prezidentning “Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori (PQ–326-son, 12.09.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sohasidagi funksiyalarni ixtisoslashtirish, mazkur faoliyatning moliyaviy shaffofligini taʼminlash va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
“Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” “LPG-Trade” MCHJ tashkil qilinadi.
Shuningdek, respublikada suyultirilgan gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
- aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ustuvorligi taʼminlanadi;
- respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan suyultirilgan gaz (oʻz shoxobchalarida sotiladigan hajmlardan tashqari) faqat birja savdolari orqali sotiladi;
- aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beradigan korxonalar mahsulotni birjadan va importdan toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qiladilar;
- aholi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz taʼminoti tizimida islohotlarni amalga oshirish va xususiy sektorni jalb qilish orqali sohada raqobat muhiti bosqichma-bosqich shakllantiriladi hamda kross-subsidiyalash amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
- suyultirilgan gaz taʼminotidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlat tomonidan moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi.