Marko Rubio Samarqandda “Markaziy Osiyo – AQSh” (C5+1) formatidagi vazirlar uchrashuvida mintaqadagi hamkasblari bilan AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ertaga Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda qatnashish uchun ikki yuzdan ortiq amerikalik tadbirkorning O‘zbekistonga kelishi AQSh biznes vakillarining mamlakatimizga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.