14-iyun, yakshanba kuni AQShning Missuri shtatida bortida 12 nafar parashyutchi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi. DWning dushanba, 15-iyun kuni xabar berishicha, barcha yo‘lovchilar, jumladan, uchuvchi halok bo‘lgan.

Halokat Kanzas-Siti shahridan taxminan 100 kilometr janubda joylashgan Batler Memorial aeroporti yaqinida sodir bo‘ldi. Samolyot parvozdan ko‘p o‘tmay qulab tushdi, deb xabar berdi korrespondent.net.

Bir dvigatelli Pacific Aerospace P750 samolyoti Skydive Kansas City kompaniyasi tomonidan boshqarilgan. Kompaniya vakillari bortdagi 12 kishidan hech biri tirik qolmaganini tasdiqlashdi. Halok bo‘lganlar orasida uchuvchi ham bor edi.

AQSh Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) voqea joyida ishlamoqda. Samolyot soat 11:20 atrofida havoga ko‘tarilgan, ammo kerakli balandlikka chiqa olmagan va avtomagistral yaqinida qulab tushgan. Aeroport menejeri vazifasini bajaruvchi va Beyts okrugi favqulodda vaziyatlarni boshqarish direktori Dennis Djeykobsning so‘zlariga ko‘ra, halokat yuzasidan tergov olib borilmoqda.