Vatandoshlarning qaytarilishi O‘zbekiston va AQSh vakolatli idoralarining kelishilgan hamkorligi natijasidir. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash kabi barcha tashkiliy-huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olindi.

O‘zbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni doimiy asosda davom ettirmoqda.