Bu bo‘yicha Prezidentning “Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, dastur har yili 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich “kitobxonlikharakati.uz” elektron platformasida (platforma) ro‘yxatdan o‘tgan holda onlayn, 2- va 3-bosqichlar esa bevosita ishtirok etish formatida viloyat va respublika darajasida o‘tkaziladi.
Dasturda ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida ishtirok etib, belgilangan tartibda saralanadi.
Yuqori sinf toifalari (6-8-sinf, 9-11-sinf) bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rinni olgan 2 nafar g‘olibning har biri 50 ming AQSh dollari pul mukofoti va diplom;
- 2-o‘rinni olgan 2 nafar sovrindorning har biri 30 ming AQSh dollari pul mukofoti va diplom;
- 3-o‘rinni olgan 2 nafar sovrindorning har biri 15 ming AQSh dollari pul mukofoti va diplom;
- 5 ta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlarning har biri 10 ming AQSh dollari pul mukofoti va diplom.