Serqirra ijodkor Yozuvçilar, Teatr arboblari va Jurnalistlar uyuşmalari aʼzosi. Bugungi kunda ijodini pedagogik faoliyat bilan uyğunlaştirgan holda davom ettirib kelmoqda. Nazariya va amaliyot ustozi sifatida Özbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida yoşlarni kinoşunoslik sirlaridan bahramand qilmoqda.
Sanʼatşunoslik va madaniyatşunoslik sohasining bilimdoni Aşurali Jörayevning önlab ötkir publitsistik maqolalari, suhbat va esselari matbuot sahifalarida eʼlon qilingan. Kino, teatr, qöşiqçilik, musiqa sanʼati muammolariga oid tahliliy maqolalari, telekörsatuvlari köp marta bahs-munozaralarga asos bölgan.
Tadbir iştirokçilari ustoz ijodkorning milliy jurnalistika rivojiga qöşgan hissasi, uning maqola va badiiy asarlarida talqin etilgan hayot haqiqatlari, jamiyatda yoş avlodni tarbiyalaşdagi faol iştiroki haqida söz yuritdilar.
– Aşurali Jörayev – mohir publitsist, – iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muhiddin Kalonov. – Uning matuotda eʼlon qilingan maqolalari, kitoblarida davrning muhim masalalari öz ifodasini topgan va öquvçilar eʼtiborini qozongan. Adib 1983–1996-yillarda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bölim mudiri lavozimida işladi. Gazetada uning öşa davrdagi ekologik fojialar haqidagi köplab maqolalari eʼlon qilindi. Ayniqsa, uning özbek teatri, kino va musiqa sanʼati haqida yozgan maqola va oçerklari, tanqidiy çiqişlari va suhbatlari mutaxassislar tomonidan eʼtirof etilib, öquvçilar tiliga tuşdi.
Tadbir yakunida adib özining ijod mahsuli bölmiş bir neçta kitobini Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasiga xadya etdi.
***
Maʼlumot uçun: Aşurali Jörayev 1956-yil 8-avgustda Karmana tumani, Jaloyir qişloğida tuğilgan. 1983-1996-yillari “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida xodim, sanʼat bölimi mudiri, 1997-2007-yillarda “Muştum”, 2007-2013-yillarda “Gulxan” jurnallarida boş muharrir, 2013-2017-yillari “Özbekiston” NMIU direktori birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
“Toşbaqalar poygasi” (1986-y.), “Yurak böronlari” (1989-y.), “Öq uzgan kim?” (1994-y.), “Senga köngil bersam” (1999-y.), “Dil gavhari” (2001-y.), “Tanimading-a?” (2005-y.), “Sahifaga siğmagan satrlar” (2008-y.), “Maysalar uyğongan tong” (2010-y.), “Esar Jayhun şamollari” (2014), “Yurakdagi ovoz”, “Konvert odam” (2015-y.), “Uyğoniş zamonasi muborak bölsin” (2020-y.), “Vijdon qönğiroği” (2021-y.) kitoblari muallifi.
Öz muxbirimiz.