Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Koʻngillar suv ichar, soʻzlarim - qayroq.
Togʻlaru bogʻlarning dingdir qulogʻi,
Qoʻl silkir quyosh ham - eng koʻhna bayroq...
Koʻpirib-toshadi tomirlarda qon,
Uygʻonib Alpomish otiga minar.
Nafasim boʻgʻzimga tiqilar shu on,
Eng qattol dushmanim - mudroqlik sinar...
Bayroq boʻlgim kelar bayroqqa boqib,
Bayroq boʻlishgan-ku Toʻmaris, Shiroq.
Ozodlik darsiga qoʻngʻiroq qoqib,
Jaloliddin kelar qoʻlida chiroq...
Qancha-qancha yurt bor bu olam aro,
Bayrogʻi boʻlmasa barchasi bekor.
Gʻaflatda yotmagay ozod fuqaro,
Chin bayroq uxlamas - hilpirar bedor...
Yurtim bayrogʻini vasf etar chogʻi,
Soʻnggi soʻzim budir: bayroq - muallim.
Paxta chanogʻiyu bugʻdoy boshogʻi,
Shunday boʻlsin deya boqib turar jim...
... Birdan potrab ketar tegramda qushlar,
Xonishlari tutar moviy osmonni.
Dunyo qoʻllarimdan mahkamroq ushlar,
Unga bayroq qilgum Oʻzbekistonni!
Muhammad VALI.
BAYROQ
.
Özbekiston diplomatlari Novosibirskda oğir vaziyatga tuşib qolgan hamyurtimizning Vatanga qaytişiga kömaklaşdi
- “Köhitang karstlari, kanyonlari va ğorlari” nomzodnomasi YUNESKOning dastlabki baholaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötdi
- “Bözsuv” oqova suv tozalaş inşootida jiddiy ekologik qonunbuzarliklar aniqlandi
- Uy sotib olişdan oldin my.gov.uzda quriliş hujjatlarini tekşiriş imkoniyati yaratildi
- «Ğiştköprik» çegara bojxona posti qayta oçildi: ötkazuvçanlik imkoniyati bir neça barobar oşirildi
- “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga yangi rahbar tayinlandi
Suyukli nabiram Shavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda