Tantanali tadbirda Özbekiston Boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov, Qozoğiston moliya vaziri Madi Takiyev, ikki davlat bojxona organlari rahbarlari va boşqa rasmiy mehmonlar iştirok etdi.
Marosimda ikki davlat delegatsiyalari iştirokida zamonaviy bojxona postlarining ramziy lentasi qirqildi.
Taʼkidlanişiça, mazkur loyihalar çegara infratuzilmasini modernizatsiya qiliş bilan birga, Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi savdo-iqtisodiy, turistik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
«Ğiştköprik» posti 9 gektarga kengaytirildi
Toşkent viloyatidagi «Ğiştköprik» çegara bojxona posti qayta qurilib, zamonaviy infratuzilma bilan jihozlandi.
1991-yil 1-noyabrda taşkil etilgan mazkur post qariyb 35 yil davomida Özbekistonning Qozoğiston bilan çegarasidagi muhim ötkaziş maskanlaridan biri bölib kelgan.
Yillar davomida fuqarolar va transport vositalari oqimining ortişi, ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamda turistik aloqalarning kengayişi post infratuzilmasini tubdan yangilaşni taqozo etdi.
Masalan, 2024-yilda uşbu post orqali 11,5 million nafar fuqaro va 291 mingta yengil avtotransport vositasi harakatlangan. 2023-yilda esa bu körsatkiçlar mos ravişda 9,8 million nafar fuqaro va 244 mingta avtomobilni taşkil etgan.
Natijada bir yil içida fuqarolar oqimi qariyb 17 foizga, avtomobillar harakati esa 19 foizga oşgan.
Şu ehtiyojdan kelib çiqib, Prezidentning 2022-yil 27-apreldagi PF–122-son farmoni ijrosi doirasida 2025-yil fevral oyida postni rekonstruksiya qiliş va modernizatsiyalaş işlari boşlangan.
Rekonstruksiya natijasida post hududi 6 gektardan 9 gektarga kengaytirildi. Fuqarolar va transport vositalari harakati uçun möljallangan infratuzilma ham tubdan yangilandi.
Jumladan:
- fuqarolar harakati yölaklari 4 tadan 8 taga;
- yengil avtotransport vositalarini nazoratdan ötkaziş yölaklari 4 tadan 18 taga;
- avtotransport vositalari uçun töxtaş joylari 20 tadan 200 taga yetkazildi.
Postning kunlik ötkazuvçanlik imkoniyati bir neça barobar oşdi
Yangi infratuzilma hisobiga postning kunlik ötkazuvçanlik imkoniyati ham sezilarli darajada oşirildi.
Körsatkiç | Avval | Hozir |
|---|---|---|
Fuqarolar | 31 ming nafar | 100 ming nafar |
Yengil avtomobillar | 750 ta | 3 000 ta |
Avtobuslar | 70 ta | 400 ta |
Şunday qilib, post endi kuniga 100 ming nafar fuqaro, 3 mingta yengil avtomobil va 400 ta avtobusni ötkaziş imkoniyatiga ega.
Zamonaviy nazorat tizimlari joriy etildi
«Ğiştköprik» çegara bojxona postida nazorat samaradorligini oşiriş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va fuqarolar uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida zamonaviy texnik vositalar örnatildi.
Jumladan:
- 3 ta inspeksion körik majmuasi;
- 10 ta rentgen apparati;
- 2 ta Body Scanner qurilmasi;
- 6 ta radiatsion portal monitori;
- 188 ta kuzatuv kamerasi;
- 5 ta videoserver.
Şuningdek, yölovçilar uçun pasport nazorati kabinalari, E-Gate tizimi, infokiosklar va boşqa zamonaviy texnik vositalar örnatildi.
Yengil avtomobillar va avtobuslar harakatini tezlaştiriş, nazorat jarayonlarini optimallaştiriş maqsadida «Smart Customs Border» tizimi ham joriy etildi.
Bu yangiliklar nazorat jarayonlarida inson omilini qisqartiriş, ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş va xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgan.