Londonning ICE birjasida iyul oyidagi Brent neftining fyucherslari narxi 25 mayda ertalab 4,87% ga pasayib, bir barrel uchun 98,49 dollarni tashkil etdi. Bu Brent narxining ikki haftadan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta 99 dollardan pastlashi, deb xabar berdi Kazinform.
WTI xom nefti ham sezilarli darajada pasayib, savdo paytida bir barrel uchun 92,05 dollarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, 21 mayda Urals xom neftining narxi bir barrel uchun 101,30 dollarni tashkil etdi.
Mutaxassislar narxning pasayishini AQSh Davlat kotibining Eron bilan muzokaralarda "sezilarli yutuqlar" e’lon qilgani bilan bog‘laydilar.
Bozorlar Vashington va Tehron o‘rtasida jahon neft tashishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozining ochilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik kelishuvni kutmoqdalar.