Qayd etilishicha, bu holat Superliga va Pro liga uchrashuvlarining translyatsiya jarayoni hamda internet orqali namoyish etish sifatiga ta’sir qilmoqda.

Rasmiy uchrashuvlar vaqtida Liga translyatsiya signallarini qabul qilib, ularni markazlashgan tartibda turli platformalar orqali qayta uzatadi. Biroq stadionda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzaga kelishi natijasida Liga serverlari to‘liq ishlamay qolgan.

Shu sababli Liga uchrashuvlar signallarini qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanmoqda.

Liga bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlar info@pfl.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.