O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan 25-son yig‘ilishi bayonnomasida Bosh vazir o‘rinbosari A.J. Ramatov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur bekatda keng ko‘lamli rekonstruksiya va kengaytirish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar yakuniga yetkazilgani munosabati bilan “Chinor” metro bekati joriy yilning 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab yo‘lovchilar uchun to‘liq faoliyatini qayta boshlaydi.
Rekonstruksiya jarayonida bekatning kirish va chiqish qismlari sezilarli darajada kengaytirildi. Xususan, avval 6 ta bo‘lgan turniketlar soni 13 taga yetkazildi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirib kelgan o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirilib, bekatdan bekatga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tish imkoniyati yaratildi. Bekat avvallari kun davomida o‘rtacha 15 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan boʻlsa, endilikda kuniga 35–40 ming nafargacha yo‘lovchiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.