Bu haqda Yöl harakatini taşkil etiş markazi maʼlum qildi.
Yangi texnologiyada maxsus proyektorlar yordamida yöl yuzasiga yoruğlik orqali piyodalar ötiş joyining oq çiziqlari tuşiriladi. Oddiy yöl çiziqlari vaqt ötişi bilan, ayniqsa, yomğirli va qorli ob-havoda, şuningdek, tungi paytda yaxşi körinmasligi mumkin. Proyeksion «zebra» esa yoruğlik yordamida aks ettirilgani sababli haydovçilarga aniqroq körinişi közda tutilgan.
Uşbu texnologiyaning yana bir afzalligi — çiziqlar avtomobil ğildiraklari taʼsirida öçib ketmaydi va ularni muntazam qayta böyaş talab etilmaydi. Qor yoqqanda ham yoruğlik orqali piyodalar ötiş joyini körsatiş imkoniyati mavjud.
Yangi turdagi piyodalar ötiş joyining dastlabki namunasi Qumariq köçasida örnatilgan. Hozirda texnologiyaning turli ob-havo şaroitlarida işlaşi va haydovçilarga qay darajada körinişi sinovdan ötkazilmoqda.
Sinov natijalari ijobiy bölsa, bunday proyeksion piyodalar ötiş joylarini poytaxtning boşqa hududlarida ham joriy etiş imkoniyati körib çiqiladi.