Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi mazkur masala yuzasidan tuşuntiriş berdi.
Birinçidan, bu yangi tartib emas. Piçan öriş va çorva mollarini ötlatiş uçun çipta beriş amaliyoti avvaldan mavjud. Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi maʼlumotiga köra, davlat örmon fondi tarkibidagi yaylov yerlaridan piçan öriş yoki çorva mollarini boqiş uçun örmon çiptasidan foydalaniş tartibi amalda bölgan.
Uşbu çipta fuqaroning muayyan örmon uçastkasidagi yaylov yerlarida piçan öriş yoki çorva mollarini boqiş huquqini tasdiqlaydi. Unda yaylovdan foydalaniş maqsadi, yer maydoni, muddati, şuningdek, foydalanuvçining huquq va majburiyatlari belgilanadi. Bu jarayonni elektron şaklda amalga oşiriş uçun maxsus onlayn platforma ham mavjud.
Ikkinçidan, respublikadagi barça yaylovlar bir taşkilot tasarrufida emas. 2023-yil 1-noyabr holatiga köra, mamlakatimizda 21,2 million gektardan ortiq yaylov va piçanzor yerlari mavjud bölgan. Şundan 16,3 million gektari Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligining hududiy yaylov xöjaliklari hisobida. Qariyb 3 million gektar yaylov yerlari esa Örmon va yaşil hududlarni köpaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş agentligi tasarrufida.
Demak, davlat örmon fondi tarkibidagi yaylov yerlari uçun amal qilayotgan elektron ruxsatnoma tizimi Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi tizimidagi yaylovlarga nisbatan joriy etilgan umumiy talab hisoblanmaydi.
Uçinçidan, «Yaylovlar töğrisida»gi qonun loyihasida yangi mexanizm taklif etilmoqda. Qonunning yangi tahrirdagi loyihasining 30-moddasida yaylov çiptasi yaylovdan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi hujjat sifatida nazarda tutilgan.
Biroq qonun loyihasidagi takliflarni hozirdan kuçga kirgan talab sifatida talqin qiliş töğri emas.
Şuningdek, loyihada aholining uy şaroitida boqiladigan çorva mollari uçun jamoat yaylovlarini taşkil etiş va ulardan bepul foydalaniş mexanizmlari ham nazarda tutilgan.
Taʼkidlanişiça, bundan közlangan maqsad çorvadorlar faoliyatini çeklaş emas, balki yaylovlardan oqilona foydalaniş, ularni muhofaza qiliş va kelgusi yillar uçun tabiiy ozuqa bazasini saqlab qolişdan iborat.
Şu bois davlat örmon fondi yerlarida avvaldan amal qilib kelayotgan çipta tizimini barça yaylovlarda yangidan joriy etilgan umumiy talab sifatida talqin qiliş töğri emas.