Xususan, Quva tumanidagi "Barhayot Abdulla xoji" MChJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi.
Viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda viloyatga xorijdan 51 ming 200 boshdan ziyod naslli qoramol hamda 62 ming 210 bosh nasldor qo‘y olib kelish rejalashtirilgan.
Ayni kunga qadar reja doirasida 15 ming 300 ga yaqin naslli qoramol va 10 ming 200 ga yaqin nasldor qo‘y viloyatga olib kelindi.
Naslchilik bazasini mustahkamlash, chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirish va zamonaviy chorvachilik xo‘jaliklarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.