Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, 2 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Burchmulla» MFY hududida joylashgan Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li katerda sayr qilgan.

Ular suvga tushish taqiqlangan hududga borib, himoya nimchalari­siz suvga tushgan va cho‘kib ketgan.

Xabar kelib tushishi bilan FVV g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv ishlarini boshlagan. Qidiruv ko‘lami va suv omborining chuqurligi inobatga olinib, hodisa joyida shtab tashkil etilgan.

Qidiruv ishlariga Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining qo‘shimcha kuchlari ham jalb qilingan. Mutaxassislar zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanmoqda.

Qidiruv ishlari natijasida bugun, soat 13:02 da cho‘kib ketgan fuqarolardan birining jasadi topilgan.

Qolgan ikki fuqaro­ni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.