Bugun va ertaga Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi asosan 20-23 daraja iliq böladi.
4-noyabrda Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va keçga tomon respublikaning qolgan hududlarida yomğir yoğadi. Şimoliy va şarqiy hududlarda yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda.
5-noyabrda respublikaning markaziy va şarqiy hududlarida faqat keçasi va ertalab baʼzi joylarda yomğir yoğişi saqlanib turadi.
6-noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasining şimoliy hududlarida yomğir yoğişi mumkin.
Uşbu kunlarda havo harorati keçalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 4-5-noyabrda 18-23 daraja iliq, 6-noyabrda 23-25 daraja iliq, janubiy hududlarda esa 27 daraja iliqqaça böladi.
Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Özbekistonning toğli hududlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.
Toşkentda: yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 4-noyabrda keçqurun va 5-noyabrda keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin.
Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati keçalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida böladi.