26-may kuni soat 16:22 da 112 tizimi orqali Denov tumani “Bog‘ishamol ” MFY da yashovchi fuqaroga tegishli “LEAPMOTOR C11” rusumli avtotransport vositasini Elektr quvvatlash shahobchasiga kelib qo‘yganda to‘satdan yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in joyiga 8-qutqaruv bo‘linmasidan 2 ta ekipaj soat 16:24 da yetib borib, yong‘in soat 16:25 da qurshab olinib, 16:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.