Hodisa Futyan çegara punktidagi yölovçilarni tekşiriş zalida sodir böldi. Bojxona xodimlari deklaratsiya topşirmasdan tekşiruv hududiga kirgan ayolni töxtatdi. Bunga uning keng va uzun şim kiygani hamda ğayritabiiy tarzda yurişi sabab bölgan.

Tekşiruv davomida inspektorlar ayolning har ikki boldiriga skotç bilan mahkamlangan qora tizza himoya vositalarini topdi. Har bir himoya vositasining içida tirik ilonlar solingan uçtadan qora paypoq bölgan. Tekşiruv natijasida ilonlarning umumiy soni 21 ta ekani aniqlandi.

Şençjen bojxonasining hayvonlar va ösimliklarni tekşiriş hamda karantindan ötkaziş texnik markazi mutaxassislari musodara qilingan sudralib yuruvçilar ilonlar oilasiga mansubligini va uşbu hudud uçun begona tur ekanini aniqladi, deb xabar berdi Kazinform.

Xitoy bojxona xizmati Milliy biologik xavfsizlik töğrisidagi hamda hayvonlar va ösimliklar karantini töğrisidagi qonunlarga muvofiq, begona turlarni ruxsatsiz olib kiriş, şuningdek, tirik hayvonlar va ösimliklarni çegara orqali olib ötiş yoki jönatiş taqiqlanganini eslatdi.