Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.A. fuqaro A.X.ga 170 quti “Rocuronium Rompharm” nomli dori vositasini 144,5 so‘mga dorixonadan tashqarida sotgan vaqtida ushlanib, undan yana umumiy bahosi 108,4 mln so‘mlik 230 quti dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-12-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy jihozlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.