Jumladan, Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joylaşgan xonadon közdan keçirilganda, uşbu manzilda “Dostineks”, “Sikloferon”, “Progestan” kabi 41 turdagi jami 31 454 dona dori vositalari saqlanayotganligi maʼlum böldi.Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1975-y.t. şaxsga tegişli bölgan uşbu mahsulotlarning taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mdan ortiqni taşkil etadi.
Taʼkidlaş lozim, xorijda işlab çiqarilgan mazkur preparatlar respublikamizga aylanma yöllar orqali olib kelingan bölib, ularni poytaxtdagi dorixonalar orqali sotiş rejalaştirilgan.
DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat Bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtning Sergeli tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda dori-darmon ulgurji savdosiga ixtisoslaşgan MÇJ omborxonasi közdan keçirildi. Natijada, unda taxminiy qiymati 584 mln söm bölgan “Arduan”, “Aktovegin”, “Feromaks”, “Sipraksol”, “Sefotaksim” kabi 204 turdagi jami 111 613 dona sifat sertifikatiga ega bölmagan dori vositalari borligi maʼlum böldi.
Şuningdek, omborxona yertölasida yaroqlilik muddati ötgan preparatlarni qayta qadoqlaşga ixtisoslaşgan yaşirin sex va 25 ta uskuna mavjudligi aniqlandi.
Har ikki holat böyiça dori vositalaridan olingan namunalar ekspertizadan ötkaziş uçun “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DMga taqdim etildi.