Sohadagi elektr isteʼmolining 65 foizi toʻgʻri keladigan 34 ta yirik korxonada energiya auditi oʻtkazilgani hisobiga oʻtgan yilning oʻzida 240 million kilovatt-soat elektr tejaldi.
Lekin bu hali kam ekani qayd etildi. Viloyat hokimlariga qurilish materiallari korxonalarini texnologik modernizatsiya qilish orqali energiya sarfini kamaytirish boʻyicha katta dasturni boshlash topshirildi.
Bunda isitish va quritish pechi, tegirmon va energiya sarfi yuqori boshqa uskunalarni energiya tejamkoriga almashtirgan korxonalarga soʻmdagi kreditining 7 foizi, xorijiy valyutada boʻlsa, 4 foizi kompensatsiya qilib beriladi.
Bu yil yana 38 ta yirik korxonada energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilib, 400 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilish zarurligi qayd etildi.