Musobaqada 30 ta mamlakatdan 132 nafar boksçi — 68 nafar erkak va 64 nafar ayol sportçi ğoliblik uçun bahs olib boradi.

Musobaqa oldidan poytaxtda uning rasmiy oçiliş marosimi va tantanali ziyofat taşkil etildi. Tadbirda World Boxing taşkiloti prezidenti Gennadiy Golovkin hamda Özbekiston sport vaziri Adham Ikromov iştirok etib, sportçilarga omad tiladi.

Şuningdek, marosimda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov, sport vaziri örinbosari Şahrillo Mahmudov, Özbekiston boks federatsiyasi vakillari hamda xalqaro boks taşkilotlari rahbarlari qatnaşdi.

Jahon kubogining birinçi kunida erkaklar örtasida 50, 65 va 85 kilogramm, ayollar örtasida esa 51 va 57 kilogramm vazn toifalarida janglar ötkaziladi.

Birinçi kun Özbekiston terma jamoasining beş nafar vakili ringga kötariladi:

  • Şodiyorjon Meliköziyev (50 kg) — Daniyal Sabit (Qozoğiston);
  • Feruza Qozoqova (51 kg) — Yuna Nişinaka (Yaponiya);
  • Xumorabonu Mamajonova (57 kg) — Lyudmila Voronsova (Rossiya);
  • Norbek Abdullayev (85 kg) — Idar Zanilov (Rossiya);
  • Abdurahmon Mahmudjonov (65 kg) — Bunjong Sinsiri (Tailand).

Uçraşuvlar soat 11:00 dan boşlab Olimpiya şaharçasidagi Yakkakuraşlar arenasida ötkaziladi.